AI agronomMarkaziy Osiyo dalalari uchun

Ko'z ilg'amaganini ko'radi

Kasallik bargda dog' bo'lib chiqquniga qadar to'qimada boshlanadi. AgroE'tibor xlorofill o'zgarishini, mikroiqlimni va sporalar yo'nalishini o'qib, dehqonni bir necha kun oldin ogohlantiradi.

Dehqonlar uchun bepul. Parol shart emas — telefon raqami kifoya.

3 soniyarasmdan retseptgacha
0 datchikkosmik va meteo ma'lumot yetarli
UZ shevaovozli muloqot, o'qish shart emas
30%

Kech aniqlangan kasallik sababli yo'qotiladigan o'rtacha hosil

90%

Agro-kimyo bozorining xatarli nasiya savdoga bog'liq qismi

3 soniya

Rasm yuborilgandan javob kelguncha o'tadigan vaqt

5

Markaziy Osiyo respublikasi — mintaqaviy kengayish rejasi

Pre-simptomatik diagnostika

Dehqon sog'lom barg ko'radi. Biz boshqa narsani ko'ramiz.

Oddiy telefon kamerasi ham RGB kanallarida surat oladi. Tizim rasmni tahlildan o'tkazib, xlorofill indeksini hisoblaydi va uni oldingi kunlardagi suratlar bilan piksel darajasida solishtiradi.

Oldindan ogohlantirish
4–7kun
Kasallik ko'zga ko'rinishidan qancha oldin aniqlanadi
Taqqoslash uchun
3ta rasm
Vaqtlararo solishtirish uchun yetarli — har 2-3 kunda bittadan
Kamera talabi
800×800
Oddiy telefon sifati kifoya, maxsus kamera kerak emas
Bargdan hosilgacha

Bitta zanjir, uzilishsiz

01

Rasm yoki ovoz

Dehqon zararlangan bargni suratga oladi yoki muammoni o'z shevasida gapiradi. Menyu izlash, tugma qidirish shart emas.

Telegram Mini AppOvozli kiritishOflayn navbat
02

Kontekst yig'iladi

AI faqat rasmga qaramaydi. Dalaning geolokatsiyasi, kosmik suratdan olingan tuproq namligi, shamol yo'nalishi, qo'shni dalalardagi kasalliklar va ekinning o'z tarixi bitta kontekstga jamlanadi.

Sentinel-1 / 2Open-MeteoDala tarixi
03

Retsept va tiklanish

Javob ikki qadamli: bugun kasallikni to'xtatish, 4–5 kundan keyin tuproq mikrobiomasini tiklash. Doza dehqonning maydoniga hisoblanadi, kutish muddati eksport talablariga qarab tekshiriladi.

Hisoblangan dozaIshlov vaqtiMRL nazorati
04

Dori qayerda?

Retseptdagi preparat qaysi agroaptekada bor, qancha turadi va necha kilometr uzoqda — bir bosishda. Pul yetmasa, bank BNPL orqali to'g'ridan-to'g'ri ta'minotchiga o'tkazadi.

Agro-rastaBNPLYaqin do'kon
Butun mavsum

Tashxis — boshlanishi, xolos

Ekin ekkan kuningizdan hosil yig'ilgunga qadar: parvarish eslatmalari, bir tugmalik jurnal va taxminiy hosil hisobi. Har bir dalaning o'z suhbati bor — AI aynan shu dalaning tarixini bilib javob beradi.

Taxminiy hosil hisobi

Maydon va o'rtacha me'yorga asoslangan prognoz hamda yig'im-terimgacha qolgan kunlar — mavsum boshidayoq ko'rinadi.

O'sish bosqichi kuzatuvi

Ekin qaysi fazada ekanini va shu fazada nimaga e'tibor berish kerakligini tizim o'zi hisoblab boradi.

Sug'orish va oziqlantirish eslatmalari

Kunlik parvarish bo'yicha bildirishnoma o'z vaqtida keladi — kalendarni yodda saqlash shart emas.

Bir tugmalik jurnal

«Dorilash», «Sug'ordim», «O'g'it berdim» — dala tarixi o'z-o'zidan yoziladi va keyingi maslahatga asos bo'ladi.

An'anaviy usul

Mo'l hosil uchun

Ichki bozor uchun yetishtirsangiz — maqsad hosildorlik va tejamkorlik.
  • Samarali o'g'it va preparatlar tavsiyasi, aniq doza bilan
  • Ortiqcha dori-darmonsiz — faqat keragida, kerakli miqdorda
  • Kutish muddatlari nazorati — hosil xavfsiz bo'lishi uchun
Organik · eksport

Yevropa standarti bo'yicha

Eksportga mo'ljallangan mavsumda tizim qat'iyroq rejimda ishlaydi.
  • Eksport uchun taqiqlangan vositalar avtomatik bloklanadi
  • Biologik va tabiiy vositalarga asoslangan parvarish xaritasi
  • Butun ishlov tarixi yoziladi — xaridor uchun tayyor hujjat asosi

Eksportbop mahsulot ichki bozordagidan qimmatroq sotiladi. Standart mavsum oxirida emas, ekishdan oldin tanlanadi — shuning uchun rejim mavsum ochilayotganda so'raladi.

Ovozli agronom

O'qishni bilmasa ham ishlatadi

Adabiy til yetarli emas. Sheva kerak.

Farg'ona dehqoni «g'o'zamni barglari sarg'ayib ketvotti» deydi. Tayyor nutq modellari buni ko'pincha butunlay boshqa so'zga aylantiradi. Shuning uchun biz ochiq modelni o'zbek agro-shevalari bilan qayta o'qitamiz.

500+ soat audioFarg'ona · Xorazm · SamarqandQayta o'qitish
Dehqon · ovozli
«Usta, g'o'zamni barglari sarg'ayib ketvotti, kecha suv qo'ygandim. O'zi hozir dori sepsa bo'ladimi yoki kutturish kerakmi?»
AgroE'tibor · ovozli javob
«Sug'organingizdan keyin tuproq hali juda nam. Hozir dori sepsangiz ta'siri kam bo'ladi, ildizga zarar yetishi mumkin. Yana 2 kun kuting. Ob-havoga ko'ra payshanba yomg'ir bor — undan oldin ulguring.»
Ekotizim

Dehqon markazda, qolganlar unga xizmat qiladi

Platforma dehqondan pul olishga qurilmagan. Qiymat zanjirning boshqa bo'g'inlarida yaraladi — shuning uchun dehqon uchun tashxis bepul qoladi.

Agroapteka
Retsept bilan kelgan mijoz — aniq nima kerakligini biladi. Ombor, narx va buyurtma boshqaruvi tekin beriladi, komissiya savdodan olinadi.
Sotuvchi sifatida ro'yxatdan o'tish
Bank
Kredit qog'ozga emas, dalaning raqamli tarixiga asoslanadi. Pul naqd berilmaydi — to'g'ridan-to'g'ri ta'minotchiga o'tadi, ya'ni 100% maqsadli.
Hamkorlik uchun yozish
Eksportchi
MRL talablariga javob beradigan dalalar B2B xaritada ko'rinadi. Har bir partiya ortida ishlov tarixi — Raqamli dala pasporti turadi.
Hamkorlik uchun yozish
Davlat organi
Qaysi hududda qanday kasallik ko'payayotgani real vaqtda xaritalanadi. Tuman hokimligi uchun bu — profilaktikani rejalashtirish asosi.
Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Javob topmadingizmi? Yozing yoki qo'ng'iroq qiling.

Aloqa
+998336974242 · info@agroetibor.uz
Dehqon uchun haqiqatan bepulmi?
Ha. Platforma dehqondan pul olishga qurilmagan: qiymat zanjirning boshqa bo'g'inlarida — agroapteka, bank va eksportchi tomonida yaraladi, shuning uchun dehqon uchun tashxis bepul qoladi.
Internet sekin bo'lsa ishlaydimi?
Rasm oflayn navbatga qo'yiladi va aloqa paydo bo'lishi bilan yuboriladi.
Tavsiya qilingan dori xavfsizmi?
Tavsiyalar faqat O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tgan preparatlar asosida beriladi. Taqiqlangan moddalar avtomatik chiqarib tashlanadi, kutish muddati va qoldiq me'yori (MRL) tekshiriladi.
Ma'lumotlarim kimga ko'rinadi?
Shaxsiy ma'lumotingiz (ism, telefon, rasm) tashqi tashkilotlarga berilmaydi. Batafsil — Foydalanish shartlari.
Do'kon sifatida qanday qo'shilaman?
Sotuvchi sifatida ro'yxatdan o'ting va do'kon ma'lumotini kiriting — buyurtmalar Telegramga keladi.

Bugun dalangizni tekshirib ko'ring

Telegramda ochiladi — yuklab olish, ro'yxatdan o'tish shart emas. Birinchi tashxis bir daqiqada.