AgroE'tibor
Hujjatlar

Foydalanish shartlari

AgroE'tibor nima qiladi, qanday ma'lumot yig'adi va uni kim ko'radi.

Oxirgi yangilangan: 2026-09-17
Shaxsiy ma'lumot berilmaydiIsm, telefon va rasm tashqi tashkilotlarga berilmaydi.
Joylashuv — o'zingiz ulashsangizDala joylashuvi faqat siz ulashganda olinadi.
Faqat ro'yxatdagi dorilarTavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan preparatlar asosida beriladi.

AgroE'tibor platformasini «AgroE'tibor Digital» MChJ yuritadi. Xizmatdan foydalanish — ro'yxatdan o'tishda yoki botda rozilik bildirish orqali — shu shartlarga qo'shilish demakdir.

01Platforma nima qiladi

AgroE'tibor — ekinlarni parvarishlash va xavflarni oldindan aniqlashga yordam beruvchi platforma: o'simlik rasmidan kasallik tashxisi, ro'yxatdan o'tgan preparatlar bo'yicha tavsiya, dehqon va sotuvchini (agroapteka) bog'lash.

02Qanday ma'lumot to'planadi

To'planadigan ma'lumot hisobingiz turiga qarab farq qiladi.

Dehqon (yetishtiruvchi) hisobida

  • Telefon raqami va ismingiz
  • Tashxis uchun yuborgan o'simlik rasmlaringiz
  • Dala joylashuvi — faqat o'zingiz ulashsangiz

Sotuvchi (agroapteka) hisobida

  • Telefon raqami va ismingiz
  • Do'kon ma'lumotlari — nomi, hudud, manzil
  • Buyurtmalar tarixi

03Nima uchun ishlatiladi

Dehqon ma'lumoti — tashxis sifatini oshirish uchun. Sotuvchi ma'lumoti — do'koningizni dehqonlarga ko'rsatish va buyurtmalarni yetkazish uchun (do'kon ma'lumoti shu maqsadda ochiq ko'rinadi — bu reklama emas, xizmatning o'zi shunday ishlaydi).

04Uchinchi tomonlarga berish

Shaxsiy ma'lumotingiz (ism, telefon, rasm) tashqi tashkilotlarga berilmaydi. Faqat shaxsingiz ko'rsatilmagan umumlashtirilgan ma'lumot (masalan, hudud, ekin turi, kasallik) tahlil maqsadida ishlatilishi mumkin.

05Shartlarning o'zgarishi

Dastur rivojlanishi davomida bu shartlar yangilanishi mumkin. Shu sabab shartlar bitta joyda — shu sahifada — saqlanadi va ro'yxatdan o'tish/botdagi rozilik so'rovi doim shu yerga havola qiladi, matnni o'zida takrorlamaydi.

06Aloqa

Savol yoki murojaat bo'lsa: info@agroetibor.uz